AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreya bilan o‘tkaziladigan muzokaralarning bir necha hafta ichida yana ishchi darajaga qaytarilishiga umid qilayotganini bildirdi. Uning fikricha, Kim Chen In o‘z va’dasida turishi lozim.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo iHeartMedia jurnalisti Bak Sekstonga bergan intervyusidaShimoliy Koreya bilan o‘tkaziladigan muzokaralarning bir necha hafta ichida yana ishchi darajaga qaytarilishiga umid qilayotganini bildirdi.
Kim va’dasida turishi kerak
Uning so‘zlariga qaraganda, Kim Chen In o‘z va’dasiga muvofiq mamlakatni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirishi lozim.
Tramp hujum qilmaydi, shimoliy koreyaliklarni esa “yorqin kelajak” kutayapti
Pompeoning aytishicha, agarda rasmiy Pxenyan yadro qurolidan voz kechsa, Tramp mamlakatga hujum qilmaslikni va’da bergan va shimoliy koreyaliklarni “yorqin kelajak” kutayotganligini ta’kidlagan.
Shimoliy Koreyaning yadro qurollaridan voz kechishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi
Qayd etish lozim, oldinroq Tramp va Kim Chen In o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda Shimoliy Koreyaning yadro qurollaridan voz kechishi bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Ammo amerikaliklarning Janubiy Koreya bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi ma’lum bo‘lgach, rasmiy Pxenyan yadro qurollaridan voz kechish loyihasini qayta ko‘rib chiqishini ma’lum qildi.
Тасодифий хабарлар
«Ўзгидромет» об-ҳаво бўйича шошилинч хабар эълон қилди
Наманганда ва Водийнинг тоғ олди ҳудудларида сел келиши хавфи бор
Саудияда 300 йил аввалги тарихий сана илк бор байрам сифатида нишонланмоқда
Тошкентда ЙПХ ва ППХ ходимларига қаршилик кўрсатган фуқаролар бўйича расмий маълумот берилди
Ёшларга “сигарет” сотиб олиш бир умрга тақиқланди