Ichki ishlar vazirligi YouTube videoxostingida “Surxondaryo GAIlari namanganlik haydovchiga nohaqlik qildi” sarlavhasi ostida tarqalgan videoga munosabat bildirdi.
Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 19-oktabr kuni viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori M-39 avtomobil yo‘lining Sherobod tumani hududidan o‘tuvchi 1388-kilometrida xizmat olib borayotgan bo‘lgan. MAN rusumli yuk mashinasi esa belgilangan tezlikni oshirib, soatiga 91 kilometr tezlik bilan harakatlanib kelayotganligi uchun YPX inspektori tomonidan to‘xtatilgan.
O‘z navbatida, yuk avtomashinasi haydovchisiga sodir etgan qoidabuzarligi tushuntirilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 281-moddasi hamda ichki ishlar vazirining 2011-yil 31-may kunidagi 68-sonli buyrug‘i talablari asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Haydovchi ma’muriy bayonnoma bilan tanishib, imzo qo‘ygan va undan avval esa haydovchining talabiga asosan uning sodir etgan qoidabuzarligini isbotlovchi fotosurat ko‘rsatilgan.
Ayni vaqtda haydovchining arizasiga binoan Sherobod tumani prokuraturasi tomonidan surushtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.
Тасодифий хабарлар
13 ёшли қизга беҳаё ҳаракатлар қилган эркак бўйича суриштирув бошланди
Шавкат Мирзиёев Россияга жўнаб кетди
Оқилхон Дадабоев Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг Наманган вилояти бўйича мухбири этиб тайинланди
Наманганда 1 сутка давомида жами 182 нафар ҳуқуқбузарлик қайд этилди
Ўзбекистонда уйланмаган эркакларнинг “Мовий дафтар”и юритиладими?