OGOH BÖLING: epidemiya şaroitida xakerlar faollaşmoqda...

OGOH BÖLING: epidemiya şaroitida xakerlar faollaşmoqda...

Axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro ekspertlar va virusga qarşi dasturiy taʼminot işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyalar mutaxassislari aniqlaşiça, COVID-19 epidemiyasi bilan boğliq vaziyat sabab aksariyat korxonalarning masofadan turib işlaşga ötişi kiber firibgarlikning yangi turlari paydo bölişiga imkon yaratdi.

Virtual jinoyatçilar qöllayotgan usullarning eng keng tarqalgani soxta xabarlardir.

Xalqaro ESET kompaniyasi ana şunday xatlardan biri maʼlumotlarni öğirlaş uçun möljallangan xavfli troyanni tarqatişga yönaltirilganini aniqladi. Zararli fayl xatga biriktirilgan joyda bölgan. U zararlanişdan himoyalaniş töğrisidagi maʼlumotga ega hujjat ostida niqoblangan böladi.

Troyanlarning boşqa turlari kompyuterni “zombi”ga aylantirib qöyadi va xaker masofadan turib uşbu resursdan töla foydalana oladi. Qisqa vaqtdan söng bunday kompyuterlar işdan çiqadi va ularni tuzatib bölmaydi.

Pandemiya sababli moliyaviy qiyinçiliklarni boşdan keçirayotgan butun boşli kompaniyalar ham xakerlarning qurboni bölişi mumkin. Firibgarlar şoşilinç buyurtma asosida xat yuboradi va hujjatga zararlangan fayllarni ilova qiladi. Natijada, butun tarmoqqa zarar yetadi. Bundan taşqari, firibgarlar pandemiya sababli moliyaviy muassasalar faoliyatining sekinlaşganini havola qilgan holda, kompaniyaga zararli faylni tölov kafolati bilan, masalan bank hisobining köçirmasi bilan birga yuboradi.

Kiberjinoyatçilar talab ortib borayotgan tibbiy niqoblardan ham foyda körişga harakat qilmoqda. Ular ana şu maqsadda soxta saytlarni yaratmoqda. Turli çegirmalarni jalb qiladi va şu orqali ularning tölov maʼlumotlarini qölga kiritadi. Ularning rekvizitlaridan xabar topgan firibgarlar barça hisoblar va elektron hamyonlardagi mablağlarning hammasini yeçib oladi.

ESET kompaniyasidagilar karantin davrida kiberhujumlar sonining oşişini taxmin qilmoqda. Xakerlarning qurboniga aylanmaslik uçun axborot xavfsizligi borasidagi asosiy qoidalarga rioya qiling, notaniş şaxslar yuborgan xatlarni oçmang, pandemiyaga oid axborotlar bilan faqat rasmiy saytlar orqali tanişing, deya maslahat bermoqda mutaxassislar.

UzA

×