F-Secure kompaniyasining kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislari eng işonçsiz parollarni eʼlon qilişdi. Bular – poçta yoki biror servisdagi akkaunt paroli emas, balki turli qurilmalarga qöyiladigan parollardir.
Ekspertlarning taʼkidlaşlariça, xakerlar biror qurilmaning himoyasini aylanib ötiş uçun uning muhofaza parolini taxminan terib körişadi. Qançalik ğalati bölmasin, ular birinçi navbatda parol sifatida admin sözini terib körişar ekan. Siz ham uyingiz yoki işxonangizdagi router yo boşqa biror qurilmaning standart login-parolini özgartirmagan bölsangiz, unda ayni mana şu parol turibdi va uni buzib kiriş – xakerlar uçun eng oson iş!
Şuningdek, ommabopligi (va buziş osonligi) jihatidan default, 123456 va root kabi parollar ham undan qolişmaydi. Butun dunyo böyiça kuzatuv kameralarida qöllanuvçi Dahua kompaniyasining DVRʼlari himoyasida qöllanadigan vivx kodi ham xakerlar uçun qulay ölja ekan.
Eng keng tarqalgan va xakerlar sinab köradigan parollar safida yana 1001chin hamda tazZ@23495859 ham bor. Bular – dunyo böyiça köplab qurilmalar, masalan – routerlarda zavodda örnatiladigan dastlabki parollardir.
Şu boisdan nafaqat kompaniyalar, balki oddiy foydalanuvçilar ham özlarining turli deveyslarida dastlabki sozlamalar böyiça örnatilgan parollarni almaştirib qöyişlari tavsiya etiladi.
Manba: sof. uz









