«Twitter»ning nomdor foydalanuvçilari akkauntlariga xakerlik hujumi uyuştirildi.
Jumladan, xakerlar Tesla asosçisi Ilon Mask, AQŞ prezidentligiga nomzod Jo Bayden, sobiq prezident Barak Obama, milliarder Bill Geytsning akkauntlariga buzib kirişdi.
«Twitter» uşbu akkauntlarni zudlik bilan qulfladi va xakerlar tomonidan yuborilgan tvitlarni öçirib taşladi.
«Biz buzib kirilgan akkauntlarni qulfladik. Endi xavfsizlik töliq taʼminlanganiga işonç hosil qilganimizdan sönggina ularni haqiqiy egalariga qaytaramiz», deyiladi bayonotda.









