Namangan viloyatida aholining örtaça daromadi 9,6 million sömga yetkaziladi

Namangan viloyatida aholining örtaça daromadi 9,6 million sömga yetkaziladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 18 noyabr kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligini oşiriş, yirik investitsiya loyihalarini tezlaştiriş hamda aholi bandligi va daromadini köpaytiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi. Qalampir.uz xabariga köra, unda viloyat aholisining örtaça daromadini 9,6 million sömga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Joriy yil yakunida viloyatga 5,4 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinişi va eksport 1,2 milliard dollarga yetişi kutilmoqda. Kelgusi yil iqtisodiyotni 9,5 foizga östiriş, xorijiy investitsiyani 7-8 milliard dollarga, eksportni 1,3 milliard dollarga çiqariş mumkin. Buning uçun qiymati 5,4 milliard dollarlik yangi investitsiya takliflari tayyorlangan. Davlat rahbari ularni aniq loyihalarga aylantirişni va har birining ijrosini qatʼiy nazoratga olişni topşirdi.

Sanoat va infratuzilma loyihalari

Namangan xalqaro aeroportida soatiga 1,2 ming yölovçiga xizmat körsatadigan yangi terminal va yiliga 21,2 ming tonna yuk qabul qiladigan kargo infratuzilmasi qurilmoqda. Çust tumanida töqimaçilik böyoqlari işlab çiqaradigan 260 million dollarlik, çiqindidan elektr energiyasi oladigan 150 million dollarlik va bazaltdan issiqlik saqlovçi material tayyorlaydigan 125 million dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Pop tumanida kumuş kontsentrati, Yangi Namanganda esa farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş yölga qöyiladi.

Yangi Namangan şaharçasida zamonaviy IT-park ham quriladi. Unda önlab texnologik korxona iş boşlaşi rejalaştirilgan. Şu yerda 50 ming xonadonli turar joy, ijtimoiy va xizmat körsatiş obʼektlari barpo etiş loyihasi ham bor.

Qişloq xöjaligida çuqur qayta işlaş

Viloyatda 183 ming gektar yer salohiyati bor. Yiğilişda undan samarali foydalaniş, mahsulotni çuqur qayta işlaş va agrosanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş zarurligi taʼkidlandi. Töraqörğonda 70 ming boş qöyga möljallangan klaster işlaydi, Kosonsoyda 25 ming boş qoramolli yirik çorvaçilik kompleksi qurilişi mumkin. Bir qator tumanda parrandaçilik majmualari ham rivojlantiriladi.

Çust tumanidagi Olmos şaharçasida dehqonçilik maktabi taşkil etiş taklifi ham körib çiqildi. Unda agroakademiya, agroinnovatsiya markazi, agrosanoat parki, agrologistika va agroturizm birlaştiriladi. Xorijlik hamkorlar bilan yuqori hosilli kartoşka uruğçiligi va eksportbop poliz mahsulotlari yetiştiriş közda tutilgan. Şuningdek, Pop tumani adirlarini özlaştiriş va boğdorçilikni kengaytiriş böyiça topşiriqlar berildi.

Yoşlar bandligi va turizm

Viloyatda 786 ming nafar yoş bor. Ularni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga öqitiş, içki va taşqi mehnat bozorida munosib iş bilan taʼminlaş zarurligi aytildi. Ibrat nomidagi çet tillari institutida italyan tili öqitiş markazi oçilgani ijobiy baholandi. Kelgusi yil 10 ming yoşni Yaponiya va Germaniyada yuqori daromadli işga yuboriş uçun til va kasbiy tayyorgarlik yölga qöyiladi.

Turizmda Pop tumanidagi “Araşan” köp funktsiyali majmuasi va “Qamçiq” toğ dam oliş maskani loyihasi muhokama qilindi. “Araşan”ning birinçi bosqiçi 2027 yilda işga tuşiriş rejalaştirilgan. Prezident bu işlar odamlarning kundalik hayoti va daromadida aniq natija berişini taʼkidladi.

Teglar:
×