2021 yilda korruptsion jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 1,3 trln söm moddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda Senatning Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarşi kuraşiş qömitasida bölib ötgan majlisda taʼkidlandi.
Taʼkidlanişiça, respublikada korruptsion jinoyatlarga qarşi olib borilgan faol işlar natijasida 2021 yilda respublika böyiça 3 769 ta korruptsiyaga oid jinoyat işi sudlarga yuborilgan. Uşbu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 282 mlrd söm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Uşbu körsatkiç 2020 yilga nisbatan 3 baravarga oşgan.
Senatorlar muhokamasida aksariyat korruptsiyaga oid jinoyatlar Soğliqni saqlaş, Xalq taʼlimi, Maktabgaça taʼlim, Oliy va örta maxsus taʼlim vazirliklari hamda bank tizimi taşkilotlariga töğri kelganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, hududlar kesimida Toşkent şahri, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Farğona, Namangan, Qaşqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasida eng yomon körsatkiçlar qayd etilganligi tanqid qilindi.
Majlis sönggida muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qömitaning tegişli qarori qabul qilindi.









