Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmati pullik bölişi mumkin

Ommaviy tadbirlarda xavfsizlik xizmati pullik bölişi mumkin

Özbekistonda ommaviy tadbirlarni ötkaziş tartibi özgarişi mumkin. Vazirlar Mahkamasining tegişli qaror loyihasi 18 noyabr kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyildi. Hujjatda xavfsizlik xizmatlarini pulli qiliş, dronlardan foydalaniş va çipta savdosini elektron şaklga ötkaziş taklif etilgan.

Loyihaga köra, jamoat xavfsizligini Içki işlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va soğliqni saqlaş organlari pulli asosda taʼminlaydi. Taşkilotçi ular bilan şartnoma tuzişi şart. Şartnoma ruxsatnoma olingandan keyin, tadbirga kamida 10 iş kuni qolganda rasmiylaştiriladi.

Xizmat qiymati qanday hisoblanadi

Bir kişi-soat uçun tölov bazaviy hisoblaş miqdorining 7 foizi, yaʼni 30 800 söm etib belgilanmoqda. Şartnomaning umumiy qiymati esa şu summadan 50 foizini, yaʼni 15 400 sömni olib, jalb etilgan xodimlar soniga va tadbir davomiyligiga köpaytiriş yöli bilan çiqariladi. Prezident, Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va Hukumat hujjatlari asosidagi tadbirlar uçun haq olinmaydi. Köçma tsirklar, dorbozlar tomoşalari va saylovoldi taşviqoti ham bu tartibdan mustasno.

Odamlar oqimini nazorat qiliş uçun dronlardan foydalaniş ham taklif qilingan. Ular iştirokçilarni uzluksiz kuzatadi, sonini hisoblaydi va tiğizlikdan kelib çiqişi mumkin bölgan xavfni oldindan aniqlaydi. Qoidani buzganlarning tadbirga kirişini sud qarori bilan vaqtinça çeklaş mumkin böladi. 2027 yildan bunday şaxslarni Içki işlar vazirligi “Xavfsiz şahar” platformasidagi maxsus modul orqali elektron röyxatga oladi.

Çiptalar faqat elektron şaklda

Madaniy, köngiloçar va sport tadbirlariga çiptalar elektron şaklda sotilişi taklif etilmoqda. Maqsad — çiptalarni qimmatga qayta sotiş, qalbakilaştiriş va korruptsiyaga çek qöyiş. Oçiq maydonlar va sayilgohlardagi tadbirlar bundan mustasno. Ruxsatnomasiz tadbir haqida reklama beriş va çipta sotiş ham taqiqlanadi.

Odamlarni bepul yoki haddan taşqari arzon mahsulot vaʼda qilib yiğiş ham mumkin bölmaydi. Ommaviy tadbir deb 100 va undan ortiq kişi qatnaşadigan tadbirlar hisoblanadi. Miting, namoyiş, töy va oilaviy marosimlar bunga kirmaydi. Örindiqsiz oçiq maydonda har bir kvadrat metrga köpi bilan bir kişi töğri kelişi kerak.

Tadbir ötadigan joyda va undan 500 metr atrofda alkogol savdosi tadbirdan ikki soat oldin töxtatiladi. Videokuzatuv yozuvlari kamida 30 sutka saqlanadi. Loyiha muhokamadan ötgaç, Vazirlar Mahkamasi uni qabul qilişi yoki tahrir kiritişi mumkin.

Teglar:
×