Namanganning Norin tumanida tadbirkor attraktsion jihozlari uçun ajratilgan qariyb 2,5 mlrd söm imtiyozli kreditni özlaştirgan. Samarqandda kuzatilgan holatda esa yana bir tadbirkor kreditga olingan 416 mln sömlik metall buyumlarni sotib yuborgan. Hozirda 2 holat yuzasidan jinoyat işi oçildi.
Namangan va Samarqand viloyatlarida korxona rahbarlari imtiyozli kredit mablağlarini özlaştirganlikda gumonlanmoqda. Bu Boş prokuratura huzuridagi Departamentninghududlardagi bölimlari ötkazgan tekşiruvda aniqlandi.
Namangan viloyatining Norin tumanida korxona rahbari attraktsion jihozlarini oliş uçun tijorat banki filialidan imtiyozli kredit ajratilgan. Biroq tadbirkor buning evaziga 228,8 ming AQŞ dollarlik (qariyb 2,5 mlrd söm) jihozlarini sotib olmasdan, kredit mablağini xorij kompaniyasi orqali naqdlaştirib olib özlaştirgan.
Samarqand viloyatining Urgut tumanida esa issiqxona quriş uçun tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablaği evaziga xarid qilingan 416 mln sömlik metall buyumlarini naqd pulga sotib, kredit mablağini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.









