Şu yilning 1 iyun kuni fuqaro A.A.X. özining jinoiy faoliyatini davom ettirayotgan paytda qölga olinib, uning yonidan bir dona sovuq qurol, jabrdiyda fuqarolardan öğirlangan bank plastik kartalari va mobil aloqa kompaniyalarining bir neçta sim kartalari aşyoviy dalil sifatida olindi, deya xabar qilmoqda IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Aniqlanişiça, fuqaro A.A.X. yoş bölişiga qaramasdan yengil pul topiş, oson yaşab, özgalar hisobidan kun keçirişga mukkasidan ketadi, qarovsiz, tayinli yaşaş joyiga ega bölmasdan, köngilxuşliklar va şohona yaşaş uçun heç kimning hayoliga kelmagan yölni öylab topadi.
U internetdagi Olx.uz sayti orqali Toşkent markazida joylaşgan xonadonlardan birini ijaraga beraman, deb eʼlon sahifasiga eʼlon joylaştiradi.
Unga telefon orqali aloqaga çiqqan fuqarolarga özini harbiy xizmatçi deb taniştirib, hozirda boşqa viloyatda ekanligini va xizmat safaridan 2-3 kunda poytaxtga qaytgaç, ijaraga oluvçiga xonadonni körsatişini, boşqa odamga ijaraga bermaslik uçun esa oldindan plastik kartasiga pul ötkazib berişi kerakligini aytadi.
Şu tariqa, fuqaro A.A.X. öziga tegişli bölmagan bir neçta plastik kartalarga pul mablağlarini ötkazib olgan zahoti mijozlar bilan aloqani uzadi.
Fuqaro A.A.X. uşbu uslub bilan poytaxtda ijaraga xonadon olmoqçi bölgan 100 nafardan ortiq fuqarolarning har biridan 200 ming sömdan 2 mln. sömgaça, bir yil davomida, uning tuzoğiga ilingan jabrdiydalarning umumiy miqdori 80 mln. sömdan ortiq miqdordagi mablağlarini noqonuniy yöllar bilan talon-taroj qilgan.
Hozirda fuqaro A.A.X. qölga olinib, unga nisbatan tegişi ehtiyot çorasi qöllanilgan, şuningdek fuqaro A.A.X.ning jinoiy şeriklarini aniqlaş yuzasidan suriştiruv va tergov harakatlari davom ettirilayotgani aytilgan xabarda.









