Yaponiya Mudofaa vazirligi 17 noyabr kuni ertalab mamlakat havo hududiga Rossiyaga tegişli bölişi mumkin bölgan ikki harbiy samolyot kirganini maʼlum qildi. Şu munosabat bilan havoga qiruvçi samolyotlar kötarilib, xorijiy samolyotlar ekipaji ogohlantirildi.
Vazirlik maʼlumotiga köra, samolyotlar Fukuoka prefekturasidagi Okinosima orolining şimoli-ğarbi yaqinida, Yaponiyaning hududiy suvlari ustidan uçgan. Birinçi samolyot mahalliy vaqt bilan 04:07 dan 04:10 gaça, ikkinçisi 04:09 dan 04:12 gaça Yaponiya havo hududida bölgan.
Hududni tark etgaç, samolyotlar Susima böğozi orqali ötgan. Keyin Yonaguni oroli bilan Tayvan oraliğidan uçib, Tinç okeani tomon yönalgan.
Tokio norozilik bildirdi
Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi voqeani mamlakat suverenitetining jiddiy buzilişi va xavfsizlikka tahdid deb atadi. “Rossiya samolyotlarining havo hududimizni buzişi nafaqat Yaponiya suverenitetiga jiddiy tajovuz, balki xavfsizligimizga ham tahdiddir. Bu mutlaqo qabul qilib bölmaydigan holat”, dedi vazir.
Uning aytişiça, Tokio diplomatik kanallar orqali Moskvaga keskin norozilik bildirgan. Yaponiya bunday hodisalar takrorlanmasligini talab qildi.
Janubiy Koreyada ham şunday holat
Şu kuni Janubiy Koreya ham Rossiya harbiy samolyotlari harakatini qayd etdi. Yonhap agentligi Qurolli kuçlar Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasiga tayanib xabar berişiça, bir neçta Rossiya samolyoti Yapon dengizi ustidagi havo mudofaasini aniqlaş zonasiga kirgan. Koreyalik harbiylar samolyotlarni zonaga kirişidan oldin payqagan va javoban qiruvçilarni havoga kötargan.
Rossiya samolyotlari oldindan ogohlantirmasdan zonaga kirgan, lekin köp ötmay uni tark etgan. Bunday zona davlatning rasmiy havo hududi hisoblanmaydi. U xorijiy samolyotlarni oldindan aniqlaş va tasodifiy töqnaşuvlarning oldini oliş uçun belgilanadi. Rossiya va Xitoy xalqaro huquqda bunday zonalarni belgilaşga yetarli asos yöq deb hisoblaydi va Janubiy Koreyaning yurisdiktsiyasini tan olmaydi.
Bu birinçi hodisa emas
Rossiya harbiy samolyoti Yaponiya havo hududini sönggi marta 2024 yil sentyabr oyida buzgan edi. Öşanda razvedka samolyoti Xokkaydo yaqinidagi Rebun orolida mamlakat havo çegarasini uç marta kesib ötgan. Yaponiya qiruvçilari ekipajni ogohlantiriş uçun issiqlik tuzoqlaridan foydalangan.
Okinosima yaqinida esa şunga öxşaş hodisa oxirgi marta 2013 yil avgust oyida sodir bölgan. Öşanda Rossiyaning bombardimonçi samolyotlari Yaponiya havo hududiga kirgan edi.









