Özbekiston tovar-xomaşyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo platformasida ötkazilgan navbatdagi onlayn auktsionlar natijasida jami 697 dona avtoraqam sotildi.
Birja xabar qilişiça, sotilgan avtoraqamlarning katta qismi — aniqroği, 644 tasi (yaʼni 96 foizdan ortiği) jismoniy şaxslar tomonidan xarid qilindi. Qolgan raqamlar esa yuridik şaxslar tomonidan sotib olingan.
Savdo platformasida eng past narxda xarid qilingan avtoraqam qiymati 1 million 900 ming sömni taşkil etdi. Şuningdek, 20 may kuni eng yuqori narxda sotilgan “çiroyli” avtoraqam 722,3 million sömga baholandi.
Mazkur summa 2025 yil boşidan buyon qayd etilgan eng yuqori narx sifatida qayd etildi.









