TikTokda «virtual tavof» uçun jeton yiğilmoqda: musulmonlar norozi

TikTokda «virtual tavof» uçun jeton yiğilmoqda: musulmonlar norozi

Ijtimoiy tarmoqda pul işlaşning yangi usuli musulmonlar orasida keskin norozilik uyğotdi. TikTokdagi ayrim töğridan-töğri efirlarda Kaʼbaning virtual tasviri körsatilib, tomoşabinlarga «raqamli tavof» qiliş taklif etilmoqda. Bu haqda Oxu.Az naşri Haber7 ga tayanib xabar berdi.

Ekranda nimalar bölyapti

Tavof haj va umraning asosiy amallaridan biri. Unda Kaʼba atrofi soat miliga teskari yönalişda yetti marta aylanib çiqiladi. Har yili dunyoning turli burçaklaridan millionlab musulmon Makkaga kelib, şu amalni ado etadi.

Efirlarda esa animatsion qahramonlar virtual Kaʼba atrofida aylanadi. Ularning yonida sovğa va jeton yuborgan tomoşabinlarning ismlari körinadi. Yuborilgan jetonlar soniga qarab turli animatsiya va maxsus effektlar işga tuşadi.

«Mukofot» tizimi quyidagiça. 1–4 jeton yuborilsa, Zamzam buloğining raqamli effekti körsatiladi. 30–99 jeton uçun «şaytonga toş otiş» marosimining animatsiyasi işga tuşadi. 100 va undan ortiq jeton yuborganlarga maxsus qöllab-quvvatlaş xabarlari jönatiladi.

Birinçi beştalikka kiriş uçun kuraşayotganlar alohida rağbatlantiriladi. Ularga şaxsiy xabar va tabriklar keladi. Bu tomoşabinlar örtasida raqobatni kuçaytirib, köproq jeton yuborişga undaydi.

Çatda «Alloh qabul qilsin!» va «Alloh menga ham şunday baxt nasib etsin!» kabi izohlar uçraydi. Efirda «Oyşa tavofni yakunladi» kabi iboralar ham yangraydi. Bular odamlarni ekran oldida uzoqroq qolib, yana jeton yuborişga çorlaydi.

Ulamolar nima deydi

Islomşunoslar haj va umrani virtual simulyatsiya orqali ado etib bölmasligini qatʼiy taʼkidladi. Bunday harakatning heç qanday diniy ahamiyati yöq. Haj Islom dinining beş ustunidan biri, jismoniy va moddiy imkoniyati bor har bir musulmonga farz. Uni faqat şaxsan borib ado etiş lozim.

Dinşunoslar diniy qadriyatlarni tijorat maqsadida işlatişni ham keskin tanqid qildi. «Islomda virtual ibodat degan tuşunça yöq. Ibodatning maqsadi insonning sözi, tanasi va qalbi bilan şaxsan iştirok etişidir. Odamlarni “virtual ibodat”ga undab, buning uçun pul talab qiliş dindan boylik orttiriş vositasi sifatida foydalaniş demakdir. Bu dunyodagi milliardlab musulmonning eʼtiqodi va his-tuyğularini töğridan-töğri haqorat qilişdir», — dedi ulamolar.

Teglar:
×