9 iyul kuni Uchqo‘rg‘on tumanining “Obod guliston” mahallasida Katta Farg‘ona kanaliga qurilgan kichik GES kaskadlari ishga tushirildi.

Bu munosabat bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Szyan YAn, “O‘zbekgidroenergo” aksionerlik jamiyati mutasaddilari, xitoylik hamkorlar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Umumiy qiymati 31 million AQSH dollariga teng bo‘lgan bu loyiha, “O‘zbekgidroenergo” AJning 22,3 million dollar o‘z mablag‘lari hamda Xitoyning “Eksimbank”i tomonidan ajratilgan kredit hisobiga qurib bitkazildi. Loyihaning o‘zini o‘zi qoplash muddati 8,5 yil deb belgilangan.
6 megavattlik ikki kichik GESdan iborat kaskad Katta Farg‘ona kanalining PK 142 hamda PK 184 uchastkalari oralig‘ida insho etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 maydagi "2017 — 2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida"gi Qarori doirasida “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibida barpo etilgan bu kichik GES kaskadlari ishga tushishi natijasida Namangan viloyatida elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga 72,89 mln. kvt/soatga ortdi. Buning natijasida Uchqo‘rg‘on tumanidagi 48 ming xonadon ekologik toza texnologiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan ta’minlanadi
Тасодифий хабарлар
2023 йилдан Ўзбекистон фуқароларига 2 тадан зиёд фарзанд кўришга чеклов ўрнатилаётгани ҳақида хабар тарқалди
Бўлакларга бўлиниб ёқиб юборилган аёлнинг қотиллари қўлга олинди
“Салимбой”ни молиялаштирган Қирғизистонлик собиқ депутат Интерполга қидирувга берилди
Тадбиркорларга 1 мартдан йўлларга фоторадар ва бошқа техник воситалар ўрнатишга рухсат берилади
Вируснинг шиддати пасайди: 17 январ маълумоти