O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Parijda Namangan viloyatidagi yirik tekstil korxonalarining taqdimoti o‘tkazildi.
Mamlakatimizning mazkur davlatdagi elchixonasi binosida tashkil etilgan tadbirda viloyatdagi uch korxona – “Istiqlol tekstil dizayn”, “Tekstil libos” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari hamda “CHust tekstil” xususiy korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish qildilar.
Taqdimot avvalida bugungi kunda Namangan viloyati brendiga aylangan tekstil sanoatining salohiyati xususida batafsil ma’lumot berildi.
Bu erga tashrif buyurgan Fransiyaning bir qator savdo va ishlab chiqarish kompaniyalari, Parij moda akademiyasi vakillari ko‘rgazmaga qo‘yilgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Ularni, ayniqsa, Namanganda tikilayotgan erkaklar kostyum-shimlari va boshqa trikotaj mahsulotlari bejirimligi bilan qiziqtirib qo‘ydi.
– Fransiya-Namangan iqtisodiy munosabatlari o‘rnatilganiga ko‘p bo‘lgani yo‘q, shunga qaramay joriy yilning o‘tgan davrida 580 ming AQSH dollari atrofida tovar aylanmasi amalga oshirildi, - deydi viloyat investitsiyalar va savdo boshqarmasi bosh mutaxassisi Asrorbek Haydarov. – Mazkur davlatga birinchilar qatorida eksport amaliyotini yo‘lga qo‘ygan “CHust tekstil” xususiy korxonasi o‘tgan oyda 105,4 ming dollar qiymatdagi trikotaj mahsulotlarini o‘z hamkorlariga yubordi. CHustlik trikotajchilar yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkichni 600 ming dollarga etkazish bo‘yicha shartnoma imzolagan.
Taqdimot jarayonida Fransiya kompaniyalari Namangan tekstil korxonalari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada kengaytirish yuzasidan takliflarini bildirdilar.
Тасодифий хабарлар
Шавкат Мирзиёев ўқитувчи ва мураббийларни табриклади
Мажбурий меҳнатга йўл қўйган мансабдорлар 736 млн сўм жаримага тортилди
Официантлик қилаётган Ўзбекистон чемпиони: «Пул топиш учун ҳаммасига розиман, фақат фоҳишаликка эмас!»
19 ёшли спортчи тўппончадан ўқ еди
Индонезиялик боксчи оғир нокаутдан кейин вафот этди