9—21-sentabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Jahon chempionati oltin medal sovrindori Bahodir Jalolovga Prezident sovg‘asi topshirildi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Jahon chempionatining eng yaxshi sportchisi deb topilgan Jalolovga Prezident sovg‘asi — Toshkent shahri Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan uy-joylardan birini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jalolovga Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki uchun Prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili taqdim etilgandi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Тасодифий хабарлар
Гулжаҳон Йўлдошева уй қамоғига ўтказилди
Украинанинг собиқ Президенти Зеленскийга мурожаат қилди
Қиз ўз жонига қасд қилишга уринди
Ярим миллиард одам ўта қашшоқлик хавфи остида – ЖССТ
«Ўзгидромет» 8 июль учун об-ҳаво маълумотини эълон қилди