Yekaterinburgda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida birinchilikni qo‘lga kiritib qaytgan bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi, deb xabar qilmoqda boks federatsiyasi.
30 sentyabr kuni "Olimpiya shon-shuhrati" muzeyida bokschilarimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda jahon chempionati qahramonlariga "Prezident sovg‘asi" - avtomobillar taqdim etildi.
Xususan, Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilov va Bahodir Jalolovlarga "Treker" avtomobili, kumush va bronza medali sohiblari Dilshodbek Ro‘zmetov va Bobousmon Baturovlarga "Jentra" avtomobillari kaliti topshirildi.
Shuningdek, terma jamoamizning muvaffaqiyatida o‘z hissasini qo‘shgan murabbiylarga ham pul mukofotlari taqdim etildi.
Тасодифий хабарлар
ЖССТ раҳбари: "Дунё вирус тугаши ҳақида орзу қилишни бошлаши мумкин"
Россияда йўқолган самолётнинг қолдиқлари топилди
Иккинчи совуқ уруш бўладими? Путин жавоб берди
Исроил ва Туркия ўртасида махфий алоқа каналлари мавжудлиги маълум бўлди
Путин айрим маҳсулотлар экспорт ва импортини чеклаш тўғрисидаги фармонни имзолади