2019 yilning 12 sentabr kuni soat 19:49 da yong‘in-qutqaruv qismiga Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani “Turkiston” MFY Parda Tursun ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli 3-uyning 3-qavatidagi 22-xonadonda yong‘in bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Voqea joyiga soat 19:51 da yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in tezda bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida yashash uyi balkon qismining 10 kv. metr maydonda ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan uyning 50 kv. metr maydoni saqlab qolingan.

Ko‘rsatilgan manzilda gaz va havo aralashmasining chaqnashi natijasida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga uringan uy egasi 1978 y.t. fuqaro B.N. kuyish tan jarohati olib, yong‘in o‘chirish avtoekipajlari yetib borgunga qadar shifoxonaga olib ketilganligi ma'lum bo‘lgan (ahvoli qoniqarli).
Yong‘inning taxminiy sababi - gaz plitasidan sizib chiqqan tabiiy gaz to‘planib qolgan xonadagi elektr chirog‘ini yoqilishi natijasida yuzaga kelgan chaqnash. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Тасодифий хабарлар
Аёл рашк туфайли 9 ёшли қизни бошига уриб каналга ташлаб юборди
Жалолиддин Аҳмадалиев ва Хамдам Собиров қўшиқларидан рухсатсиз фойдаланган кафе эгаси жавобгарликка тортилиши мумкин
Порталга мурожаат: Бу сафар Муниса Ризаева юзасидан... (+фото)
Қашқадарёда она мулк талашган ўғлини бошига болға билан урди
Маҳмуд Мурадов оддий қурилиш ишчиси қандай қилиб UFC жангчисига айлангани ҳақида гапириб берди