AQŞ olimlari koronavirusni töliq bloklab, organizmni undan 4 kunda xalos etuvçi antitanani aniqladilar

AQŞ olimlari koronavirusni töliq bloklab, organizmni undan 4 kunda xalos etuvçi antitanani aniqladilar

Sorrento Therapeutics biofarmatsevtika kompaniyasining amerikalik olimlari antitanani aniqladilar. Ularning bayonotiga köra, antitana koronavirusni 100 foiz bloklaydi.

Maʼlumotlarga köra, mutaxassislar milliardlab antitanalarni tahlil qilişdi, ular orasida yuzdan ortiği koronavirusga taʼsir qilişi mumkinligi aniqlandi. Şundan söng, olimlar önlab antitanalarni ajratib oldilar va keyingi tadqiqotlar şuni körsatdiki, ulardan biri — STI-1499 — inson hujayralarini 100% infektsiyadan himoya qilişga qodir.

Taʼkidlanişiça, u virusni örab olib, tört kun içida tanadan çiqarib taşlaydi.

“Biz buni dori ekanligini taʼkidlaymiz. Bu 100% foyda beradi” deydi olim Genri Ji.

Hozirgaça sinovlar faqat laboratoriya şaroitida ötkazildi, şuning uçun preparatni çiqarişga ruxsat hali olinmagan.

×