Oçilmagan jinoyatlarni tadqiq etuvçi institut taşkil etildi

Oçilmagan jinoyatlarni tadqiq etuvçi institut taşkil etildi

Adliya vazirligi huzuridagi Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati taşkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 22 noyabrda qabul qilingan 704-son qarorida keltirilgan.

Qayd etilişiça, Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot işlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga kömak beradi.

Şuningdek, Institut tomonidan oçilmagan jinoyatlarni tadqiq etiş maqsadida statistik maʼlumotlar yiğiladi. Davlat va nodavlat ekspertiza taşkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini körib çiqiş va xulosa beriş ham aynan Institut tomonidan amalga oşiriladi.

Qarorga köra, Institut direktori Adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.

×