AQŞda bir soha olimlari sirli ravişda ğoyib böla boşladi

AQŞda bir soha olimlari sirli ravişda ğoyib böla boşladi

AQŞda mudofaa sohasi olimlari sirli ravişda ğoyib bölmoqda. Bu haqda keça, 23 mart kuni irlandiyalik jurnalist Çey Bouz X ijtimoiy tarmoğida maʼlum qildi.


Uning sözlariga köra, mutaxassislar 2025 yilning örtalaridan boşlab yöqola boşlagan. Ularning barçasi bir sohada: “Ilğor aerokosmik dvigatellar, plazma fizikasi, termoyadroviy sintez, raketa texnologiyalari” yönalişida işlagan. Xususan, Bouz ötgan yilning iyun oyida aerokosmik muhandis Monika Xasinto Rezaning izsiz yöqolganini eslatib ötgan. Jurnalist uning jasadi hali ham topilmaganiga eʼtibor qaratgan. Şuningdek, 2026 yilning mart oyida AQŞ Harbiy-havo kuçlarining isteʼfodagi general-mayori, nomaʼlum uçuvçi jismlarni örganiş bilan şuğullangan Uilyam Nil Makkasland ğoyib bölgan.

Bouz ayrim olimlarga nisbatan suiqasd uyuştirilganini qayd etgan. Masalan, Massaçusets texnologiya instituti Plazma fanlari va termoyadroviy sintez markazi direktori Nuno Loureyro, şuningdek, Kaliforniya texnologiya instituti astrofizigi Karl Grillmeyr otib öldirilgan. Ular omon qolmagan. Jurnalist uşbu hodisalarning barçasi şunçaki tasodif ekanligiga şubha bildirmoqda.

“Bu holatlar dahşatli öxşaşlikni namoyon etmoqda, ayniqsa Reza va Makkaslandning sayr vaqtida ğoyib bölişi”, deb yozgan u.

Şu bilan birga, AQŞning rasmiy idoralari, jumladan, Federal qidiruv byurosi va mahalliy politsiya boşqarmalari uşbu hodisalar örtasida boğliqlik borligi haqida bayonot bermagan. Har bir holat böyiça jinoiy iş qözğatilgan.


Teglar:
×