19 500 dona «Rutan» dori vositasini Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligiga beğaraz taqdim etdi.
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti yaratgan grippga qarşi original «Rutan» dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan ötkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusini 78,3 foizga taʼsirini susaytiriş xususiyatini namoyon qilgan.
Bu haqda Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi xabar berdi


Şundan kelib çiqib, Rutan dori GMP talablariga javob beruvçi Xitoy-Özbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida işlab çiqildi. 11 mingta öram Rutan dori vositasi koronavirusga qarşi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy ötgan.









