“Salimboy”ni moliyalaştirgan Qirğizistonlik sobiq deputat Interpolga qidiruvga berildi

“Salimboy”ni moliyalaştirgan Qirğizistonlik sobiq deputat Interpolga qidiruvga berildi

Uyuşgan jinoiy guruhlarni moliyalaştiriş böyiça olib borilayotgan tergov doirasida Qirğiziston Jogorku Keneşning sobiq deputati Nurgazi Adirayeviç Aydarov qidiruvga berildi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qömitasi xabar berdi.

Boşqarma maʼlumotlariga köra, Nurgazi Aydarov xalqaro uyuşgan jinoiy guruhlar aʼzolari, jumladan, “Salimboyvaçça” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyevning faoliyatini moliyalaştiriş faktlari aniqlangan. 

Tergov maʼlumotlariga köra, Aydarov Abduvaliyevning noqonuniy faoliyati va “vor v zakone” Qamçi Asanbek (Qamçi Kölboyev) bilan yaqin aloqalari haqida bilib, Özbekistonda bölgan vaqtida unga har tomonlama hurmat-ehtirom körsatgan. Öz navbatida, ular Nurgazi Aydarovni Qirğiziston Respublikasi va Özbekiston Respublikasi hududida amalga oşirilgan tadbirkorlik va boşqa faoliyatga homiylik qilgan.

Bişkekning Oktyabr tuman sudi qarori bilan Aydarovga nisbatan sirtdan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlandi, u ham jinoiy javobgarlikka tortiş uçun davlatlararo va Interpol orqali qidiruvga berildi.


×