“Maxa.dxb” taxallusi bilan Qozoğiston hududida faoliyat yuritgan özbekistonlik bloger Mahmud Hikmatov noqonuniy internet-kazinolarni tarğib qilişda aydlanib, xalqaro qidiruvga berildi. Bu haqda Qozoğiston Moliyaviy monitoring agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Qozoğiston sudi tomonidan 2000 yilda Özbekistonda tuğilgan Mahmud Hikmatovga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi tanlangan.
Qayd etilişiça, mamlakat hududida 5 dan ortiq noqonuniy onlayn qimorxonalar faoliyatini taʼminlaş, pul mablağlarini qabul qiliş va tölaş, şuningdek, Qozoğiston fuqarolarini qimor öyinlariga jalb qiliş uçun reklamalar tarqatilgan.
Manbaga köra, mazkur totalizator öyinlarini tarğib qiliş uçun taşkilotçilar blogerni jalb qilgan. Unga Qozoğiston hududida faoliyat yurituvçi inflyuyenserlarni topiş va ular orqali reklama kontenti joylaştirilişini taşkil etiş vazifasi yuklatilgan.
Agentlik maʼlumotiga köra, Hikmatov jami 35 nafardan ortiq blogerni hamkorlikka tortgan. Ular orasida bloger Hamza Q. ham bölgan. Keng auditoriyaga ega bölgan bu bloger Qozoğiston fuqarolarini taqiqlangan qimor faoliyatiga jalb qiliş maqsadida internet-kazinolarga referal havolalar joylaştirgan va har bir foydalanuvçi ötişi uçun mukofot olgan.
Maʼlumot uçun, Hamza Q. joriy yilning 6 avgust kuni Vetnamdan Qozoğistonga ekstraditsiya qilingan.









