Ilon Maskka tegişli SpaceX (SpeysEks) kompaniyasi orbitada maʼlumotlar markazlari yaratiş uçun milliontagaça sunʼiy yöldoş joylaştirişga ruxsat oldi. Hozir Yer atrofida 17 mingga yaqin sunʼiy yöldoş aylanmoqda. Bu haqda Reyters agentligi xabar berdi.
Agentlik maʼlumotiga köra, AQŞ Federal aloqa komissiyasi kompaniyaning “Starmind” nomli sunʼiy yöldoşlar tizimini yaratiş haqidagi arizasini maʼqulladi.
Loyiha nimaga möljallangan
SpeysEks joriy yil boşida milliontagaça orbital hisoblaş modulini joylaştirişga ruxsat söragan edi. Bu modullar Yerdagi ehtiyojlar uçun katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta işlaşi kerak. Kompaniya loyiha sunʼiy intellektga ortib borayotgan hisoblaş quvvatlari talabini qondirişga yordam berişini aytgan.
Mask jamoasi rejaning afzalligini quyoş energiyasidan deyarli uzluksiz foydalaniş mumkinligida körmoqda. Kompaniya fikriça, bunday yöldoşlarni işlatiş va ularga xizmat körsatiş arzonga tuşadi. Şuningdek, Yerdagi maʼlumotlar markazlariga tuşadigan ekologik yuk kamayadi.
Ruxsat şartlari qanday
Komissiya muddatlarni qatʼiy belgilagan. SpeysEks yöldoşlarni uçirişni 2033 yil noyabrigaça boşlaşi kerak. 2035 yil noyabrigaça orbitada kamida 100 mingtasi bölişi lozim. 2038 yil noyabrigaça esa umumiy sonning yarmi joylaştirilişi şart.
Kompaniya haqiqatan millionta yöldoş uçiradimi, hozirça nomaʼlum. Loyiha Starşip raketasini işlatiş xarajatlarining kamayişiga ham boğliq. Bu raketani SpeysEks hozir işlab çiqmoqda.
Rejani raqobatçilar tanqid qilmoqda. Amazonning Leo sunʼiy yöldoşlar bölinmasi va boşqa kompaniyalar millionta yöldoşni çiqariş juda uzoq vaqt olişi mumkinligini aytgan. Komissiya raisi Brendan Karr mart oyida bu eʼtirozlarga javob bergan. Uning sözlariça, Amazon öz raketa parvozlari va yöldoşlar tizimini rivojlantirişga eʼtibor qaratgani maʼqul.
Bundan avval SpeysEks AQŞning Luiziana ştatida qiymati 100 milliard dollar bölgan yangi kosmodrom qurişni rejalaştirayotgani maʼlum qilingan edi.









