Namanganda voyaga yetmagan qizni zörlaganlikda gumonlangan şaxs qidiruvga berildi

Namanganda voyaga yetmagan qizni zörlaganlikda gumonlangan şaxs qidiruvga berildi

Içki işlar vazirligi Namangan şahrida voyaga yetmagan qizni zörlaşda gumonlanayotgan şaxsga qidiruv eʼlon qildi.

Qayd etilişiça, Namangan şahri Özbekiston köçasidagi xonadonda yaşovçi, 1989 yilda tuğilgan Şerzod Umarov 1 aprel kuni soat 23:30 larda Namangan şahrining “Bobur boği”dan voyaga yetmagan qizni taksi sifatida uyiga olib borib qöyişini aytib, uni nomaʼlum manzildagi xonadonga olib borib, zörlik işlatib, nomusiga tekkan.

Şerzod Umarovning jinoyatga oid harakatlari “Bobur boği” va atrof köçalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Şuningdek, hozirda jabrlanuvçining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zörlik alomatlari yuzasidan tegişli sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan.


Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegiş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Jinoyat sodir etişda gumonlangan Şerzod Umarovni qölga oliş maxsus tadbiri jarayonida oila aʼzolari tomonidan xodimlarga faol qarşilik körsatilişi oqibatida gumonlanuvçi yaşirinişga muvaffaq bölgan.

Şuningdek, Şerzod Umarov 27 mart kuni soat 12:30 larda Namangan şahar Yoşlar majmuasi yonidagi çorrahada velosipedda harakatlanib ketayotgan vaqtida, “VAZ-2106” rusumli avtomaşinasida ketayotgan ikki nafar yoş yigitlar yölini tösganligini bahona qilib, ularni urib, döpposlab, voqea joyidan yaşiringan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra fuqarolarga “örtaça oğir tan jarohati” va “yengil tan jarohati” yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan ham gumonlanuvçi Umarovga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Maʼlumot uçun, gumonlanuvçi 1989 yilda Namangan şahrida tuğilgan, hozirda Namangan şahri Özbekiston köçasi 1-ötiş yöli 22 uyda yaşaydi. U “epilepsiya kasalligi bilan boğliq şaxsiyatning çuqur buzilişi, birlamçi generalizatsiyalaşgan talvasa xurujlari” taşxisi bilan Namangan viloyat ruhiy-asab kasalliklari şifoxonasi 3-majburiy davolaş bölimida nazoratda turadi.

Muqaddam firibgarlik, tovlamaçilik, bezorilik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş hamda nomusga tegiş kabi jinoyatlarni sodir etgani uçun bir neça bor sudlangan.

Içki işlar vazirligi suratdagi fuqaro ruhiy xastaligi hamda nihoyatda tajovuzkor ekanini inobatga olib, uni uçratgan şaxslardan ehtiyot bölişlari hamda darhol 102 qisqa raqamiga yoki yaqin atrofdagi huquq tartibot organi xodimlariga xabar berişlarini söraydi.

Eslatib ötamiz, Toşkent şahri Yangihayot tumanida 31 yanvar kuni zörlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoşli qizning murdasi topilgandi. Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v, z” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi böyiça gumonlanuvçi şaxs (29 yoşli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.


Manba: Daryo.Uz

×