Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda ötkazgan tadbirlar çoğida Umra ziyoratini qonunga xilof ravişda uyuştirmoqçi bölgan uç kişini aniqladi. Ular Navoiy viloyati, Namangan va Qöqon şahrida uşlandi. Uçala holatda ham fuqarolardan AQŞ dollari olingan yoki olinayotgan paytda qölga tuşilgan.
Idora maʼlumotiga köra, fuqarolar Umra ibodatini ado etişi uçun bugun keng imkoniyatlar yaratilgan. Şunga qaramay, ayrim şaxslar odamlarni belgilangan tartibga zid tarzda ziyoratga yubormoqçi bölmoqda. Ziyoratga borişni orzu qilganlar pul yiğib, turli vaʼda va bahonalar bilan ovora bölib yuribdi.
Navoiy va Namanganda uşlanganlar
Navoiyning Qiziltepa tumanida yaşovçi, 1979 yilda tuğilgan erkak özini turfirmalardagi yaqin tanişlari orqali 2 nafar fuqaroni Umraga yubora olişini aytgan. Buning evaziga u aldov yöli bilan 2500 AQŞ dollari olgan. Erkak aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan iş qözğatildi.
Namanganda yaşovçi, 1981 yilda tuğilgan şaxs esa özini turfirma vakili deb taniştirgan. U 3 nafar fuqaroni Umraga yuboriş uçun jami 3150 dollar talab qilgan. Oldindan 1100 dollarni olayotgan paytda uşlandi.
Aniqlanişiça, bu kişi ilgari bir neça marta firibgarlik uçun sudlangan. Hozir u Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi böyiça probatsiya nazorati ostida jazo muddatini ötamoqda edi. Unga nisbatan ham 168-moddaning 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Qöqonda turfirma rahbari qölga olindi
Qöqonda turfirma rahbari Umra ziyoratini uyuştiriş huquqiga ega bölmay turib, 2 nafar fuqaroni yuboriş evaziga jami 2300 dollar olgan. U pulni olgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 1-qismi bilan iş qözğatildi. Uç holat böyiça ham tergov harakatlari davom etmoqda.
DXX fuqarolarni ogoh bölişga çaqirdi. Şunga öxşaş qonunbuzarlikka duç kelgan odam 1520 qisqa raqamiga qönğiroq qilib xabar berişi mumkin. Xabar berganning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi.









