Yevropaning 25 davlatida yoşlar taʼlim va tinçlik uçun köçaga çiqdi

Yevropaning 25 davlatida yoşlar taʼlim va tinçlik uçun köçaga çiqdi

Yevropaning kamida 25 davlatida 20 noyabr kuni minglab yoşlar norozilik namoyişiga çiqdi. Reuters agentligi xabariga köra, aktsiyalar “Kelajagimiz uçun kuraşamiz, ularning uruşlari uçun emas” şiori ostida ötdi. Iştirokçilar taʼlimni moliyalaştirişni köpaytiriş, iqlim özgarişiga qarşi çora köriş va majburiy harbiy xizmatni bekor qilişni söradi.

Xalqaro yoşlar iş taşlaşi harakati bilan boğliq çiqişlar Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya va Xorvatiyada bölib ötdi. Namoyişçilar soni turli şaharlarda bir neça yuz kişidan bir neça minggaça yetdi.

Germaniyada 73 ta şaharda aktsiya

Germaniyada “Gen Z regelt” (“Z avlod özgariş qiladi”) harakati mamlakatning 73 ta şahar va aholi punktida namoyiş taşkil etdi. Berlindagi Aleksandrplats maydoniga taxminan 4 ming kişi yiğildi. Kyolndagi aktsiyada ham minglab odamlar qatnaşdi, ammo politsiya kutgan 5 ming kişiga yetmadi.

Namoyişçilarning talablari xilma-xil böldi. Ular taʼlim muassasalariga köproq mablağ ajratiş va maktablar infratuzilmasini yaxşilaşni söradi. Harbiy xarajatlarni qisqartiriş hamda yaşaş narxining oşişiga çek qöyiş ham talablar qatorida böldi. Ayrim iştirokçilar Falastin bayroqlarini kötarib çiqdi.

Italiya va Frantsiyada vaziyat

Italiyada namoyişlar kengroq kölamda keçdi. Mamlakat böylab ön minglab odam köçaga çiqdi. Ular Boş vazir Jorja Meloni hukumatining iqtisodiy siyosatiga qarşi ekanini bildirib, iş haqini oşiriş va davlat xizmatlariga köproq mablağ ajratişni talab qildi.

Frantsiyada avvalgi namoyişlar politsiya bilan töqnaşuv va talon-toroj bilan keçgan edi. 20 noyabrdagi aktsiyalar esa asosan tinç ötdi.

Bundan oldin ham Italiyada minglab işçi, xizmatçi va talaba Meloni hukumati siyosati hamda 2027 yilgi byudjet loyihasiga qarşi norozilik bildirgan edi.

Teglar:
×