Birovning örniga imtihonda kirmoqçi bölgan 11 kişi uşlandi

Birovning örniga imtihonda kirmoqçi bölgan 11 kişi uşlandi
Qarşi ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati manejida şu kunga qadar bölib ötgan test sinovlarida qoidani buzgani uçun 17 nafar abituriyent imtihonlardan çetlaştirildi.
Bu haqda Qarşi şahar prokurori A.Fayzullayevga asoslanib, «ÖzA» xabar berdi.
Misol uçun, 11 nafar abituriyent örniga boşqa şaxslar testga kirmoqçi bölişdi. 6 nafar abituriyent esa imtihon ötadigan binoga özi bilan mobil aloqa qurilmasi olib kirişga urindi. Albatta, bu holatlarga darhol çek qöyildi.
Xususan, Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida yaşovçi fuqaro Ö.I fuqaro Xayriddinov Odilbek örniga Toşkent davlat texnika universitetiga, Buxoro viloyati Qoraköl tumanida yaşovçi fuqaro F.S fuqaro Sirojov Olmos örniga Qarşi davlat universitetiga kiriş test sinovlarini bajariş uçun kirayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan uşlandi. Ularga nisbatan belgilangan tartibda tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Bundan taşqari Qarşi tumanida yaşovçi fuqaro A.Z ham imtihon jarayonida foydalaniş maqsadida özi bilan «Masterkard» rusumli telefon apparatini olib kirayotganda foş böldi. Fuqarodan uşbu qurilma tegişli tartibda rasmiylaştirib olindi hamda u testdan çetlaştirildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Qarşi şahar IIOFMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
[:]
×