Trampga suiqasd uyuştirmoqçi bölgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Trampga suiqasd uyuştirmoqçi bölgan pokistonlik 27 yilga qamaldi

Eron hukumati bilan aloqalari bölgan pokistonlik erkak AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa amerikalik siyosatçilarga suiqasd uyuştiriş rejasidagi iştiroki uçun 27 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

U Tramp, AQŞning sobiq prezidenti Jo Bayden va mamlakatning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Heylini öldiriş uçun yollanma qotillar izlagan. Biroq u murojaat qilgan şaxslar aslida AQŞ Federal tergov byurosining yaşirin agentlari bölgan.

Maʼlum qilinişiça, Osif Merçant mart oyida xalqaro terrorçilik harakatini sodir etişga uriniş va pul evaziga odam öldiriş uçun yollaş ayblovlari böyiça aybdor deb topilgan. Nyu-Yorkdagi federal sudya Erik Ross Komiti unga keça, 17 noyabr kuni 27 yil-u 6 oy qamoq jazosi tayinlagan.


Sudda Merçant Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi körsatmasi bilan harakat qilganini aytgan. Uning sözlariga köra, reja 2020 yilda AQŞ tomonidan Eronning yuqori martabali harbiy qömondoni Qosim Sulaymoniy öldirilgani uçun qasos oliş maqsadida tuzilgan.

Prokuratura maʼlumotlariga köra, Merçant dastlab diniy ziyoratlar uçun Eronga borgan va u yerda Inqilob qöriqçilari korpusi vakili bilan taniştirilgan. U Eronga jami 15 marta safar qilgan va bu vaqt davomida Eron razvedkasi xodimlaridan tayyorgarlik olgan. 2024 yil aprel oyida esa rejani amalga oşiriş uçun AQŞga kelgan.

Merçant yaşirin AQŞ Federal tergov byurosi agentlariga dastlabki tölov sifatida 5 ming dollar bergan. U 2024 yil iyul oyida AQŞni tark etişga hozirlik körayotgan paytda Texas ştatida qölga olingan.

Sudda u eronlik aloqaçisi qarindoşlarining kimligi va yaşaş manzilini bilişini aytib, uni rejani bajarişga majburlaganini taʼkidlagan. Merçantning aytişiça, u heç kimga zarar yetkazilişidan oldin qölga olinişini kutgan va keyin AQŞ hukumati bilan hamkorlik qilişni rejalaştirgan U bu orqali AQŞda doimiy yaşaş huquqini beruvçi yaşil karta olişga umid qilgan.

AQŞ Boş prokurori Todd Blanş sud hukmiga munosabat bildirib, Trampga suiqasd uyuştirişni muvofiqlaştiriş uçun mamlakatga kelgan Eron agenti qilgan jinoyati uçun munosib jazolanganini aytgan. Uning taʼkidlaşiça, AQŞ Adliya vazirligi mamlakat rahbarlariga qarşi xorijiy davlatlar tomonidan uyuştiriladigan terrorçilik rejalariga yöl qöymaydi va bunga aloqador şaxslarni javobgarlikka tortişda davom etadi.


Teglar:
×