Uruşlar hududida yaşayotgan bolalar soni tarixiy rekordga yetdi

Uruşlar hududida yaşayotgan bolalar soni tarixiy rekordga yetdi

Doyçe Vele xabariga köra, 2025 yilda dunyo böylab 589 million bola qurolli mojarolar davom etayotgan hududlarda yaşagan. Bu 1990 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori körsatkiç. U 1990 yillar örtasidagi raqamdan ikki baravardan ham köp. Maʼlumotlar «Seyv ze Çildren» xalqaro taşkilotining «Bolalarga qarşi uruşni töxtating» hisobotida keltirilgan.

Afrika va Yaqin Şarqda vaziyat oğir

Afrika va Yaqin Şarqdagi har beş boladan ikkitasi ötgan yili mojaro hududida yaşagan. Dunyodagi şunday bolalarning 44 foizi Afrikaga töğri keladi. Qitʼada mojarolar taʼsirida qolgan bolalar uluşi 2010 yildagi 12 foizdan 2025 yilda 39 foizga çiqdi.

Yaqin Şarqda ham ahvol keskinlaşdi. 2024 yilda mintaqadagi şunday bolalar 52 million nafar edi. Ötgan yili bu raqam qariyb 29 foizga oşib, 67 millionga yetdi.

Huquqbuzarliklar soni ösmoqda

BMT 2025 yilda bolalarga nisbatan 38 967 ta oğir huquqbuzarlikni tasdiqladi. Monitoring tizimi işga tuşganidan beri bu ikkinçi eng yuqori natija. Birinçi örinda 2024 yil turibdi, öşanda 41 763 ta holat qayd etilgandi.

Ötgan yili mojarolar oqibatida 14 224 bola halok bölgan yoki jarohatlangan. Bolalarni öğirlaş holatlari 5 128 taga yetib, rekord örnatdi. Jinsiy zöravonlikning 1 787 ta holati qayd etildi, bu sönggi ön yildagi körsatkiçdan 71 foiz köp. Kongoda bunday holatlar 358 tadan 592 taga, Sudanda 74 tadan 193 taga oşdi. Umumiy holatlarning qariyb 86 foizi Afrikaga töğri keldi.

Bolalarga gumanitar yordam yetkazişga tösqinlik qiliş holatlari ham köpaydi. BMT bunday 8 322 ta holatni tasdiqladi, bu 2015 yildagidan 16 baravar köp. Ularning 5 946 tasi, yaʼni 70 foizdan ortiği Falastin hududlarida qayd etilgan.

Maktablar va şifoxonalarga hujumlar ketma-ket beşinçi yil köpaydi. 2025 yilda ular 2 930 tani taşkil etdi. Falastin hududlarida 837 ta, Ukrainada 643 ta hujum bölgan. Bu ikki hudud jami holatlarning yarmidan köpini bergan.

«Seyv ze Çildren» bolalarning uruşdan azob çekişini bugungi kuning eng dolzarb siyosiy muammolaridan biri deb atadi. Taşkilot xalqaro hamjamiyatni bolalar xavfsizligini birinçi öringa qöyişga va ularni uruş oqibatlaridan himoya qilişga çaqirdi.

Teglar:
×