Umra ziyoratini taşkil qiluvçi firmalarga ayrim talablar qöyilmoqda

Umra ziyoratini taşkil qiluvçi firmalarga ayrim talablar qöyilmoqda

Xususiy şakldagi turfirmalarning «Umra» xizmatlarini körsatişi böyiça ayrim qöşimça litsenziya talablari va şartlari joriy etilmoqda.

Diniy qömitaga köra, bu Hukumatning 2023 yil 8 avgustdagi 345-sonli «Umra» tadbirlarini taşkil etiş va ötkazişda ziyoratçilarning manfaatlarini samarali himoya qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga muvofiq işlab çiqilgan.

Unga köra, mazkur xizmat bilan şuğullanuvçi xususiy sektor vakillari, jumladan:

  • 100 ming AQŞ dollaridan kam bölmagan mablağlarni Turizm qömitasining Xavfsiz turizm jamğarmasiga zaxira qilib qöyadi;
  • «Umra» xizmatlari davomida ziyoratçilarning guruh rahbari etib Özbekiston musulmonlari idorasi bilan tuziladigan şartnoma asosida uning diniy bilim va könikmalarga ega bölgan mutaxassislarini tayinlaydi;
  • «Umra» xizmatlarini körsatuvçi turoperator ştatida diniy (islomiy) taʼlim yönalişlari böyiça respublika taʼlim muassasasi yoki Özbekiston xalqaro islom akademiyasining tegişli bakalavriat taʼlim yönalişi yoxud magistratura mutaxassisligi bitiruvçisi bölgan kamida bir nafar mutaxassisning bölişini taʼminlaydi;
  • «Umra» xizmatlarini voyaga yetmagan fuqarolarga körsatiş taʼqiqlanadi;
  • «Umra» xizmatlarini Saudiya Arabistoni Podşohligidagi hamkor taşkilot örtasida imzolanadigan şartnomaga muvofiq amalga oşiradi.

Mazkur qaror asosida endilikda faqat «Umra litsenziyasiga ega» bölgan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan turistik taşkilot «Umra» tadbirlarini taşkil etadi.

Qayd etilişiça, 2023 yil 1 oktyabrdan «Umra» xizmatlarini körsatuvçi turoperatorlar faoliyatini reyting asosida baholaş tizimi joriy etildi. Baholaş tizimi Turizm qömitasining maxsus saytida eʼlon qilib borilyapti.

Eslatib ötamiz, qarorda belgilangan qöşimça litsenziya talab va şartlari 2023 yil 1 noyabrdan qöllaniladi.


×