Talabalarga Gugl AI Plyus obunasi bir yilga bepul beriladi

Talabalarga Gugl AI Plyus obunasi bir yilga bepul beriladi

Talabalar Gugl’ning Gemini AI Plyus sunʼiy intellekt xizmatidan bir yil bepul foydalaniş imkoniyatiga ega böldi. Bu haqda Taʼlim va ilm-fan vazirligi xabar berdi. Obunani oliş uçun XEMIS ilovasidan talabalik guvohnomasi va öqiş joyidan maʼlumotnomani yuklab oliş kerak. Söng Gemini orqali maxsus taklifga ariza yuboriladi.

Obunani qanday faollaştiriş mumkin

Vazirlik maʼlum qilişiça, avval XEMIS mobil ilovasiga kirib, «Hujjatlar» bölimidan talaba ID guvohnomasi va öqiş joyidan maʼlumotnomani oliş lozim. Keyin Gemini ilovasida profil menyusi oçilib, Gugl AI Plyus bölimiga ötiladi. U yerda talabalar uçun möljallangan taklif tanlanadi va «Kiriş huquqini oliş» hamda «Davom etiş» tugmalari bosiladi.

Navbatdagi bosqiçda mamlakat va taʼlim muassasasi körsatiladi. Şundan keyin ism-familiya, tuğilgan sana va elektron poçta manzili kiritiladi. Oxirida XEMIS’dan olingan ikki hujjat tizimga yuklanadi va ariza yuboriladi.

Ariza tasdiqlangaç, tölov kartasi maʼlumotlarini kiritib, obunani faollaştiriş mumkin.

Obuna nimalarni beradi

Gugl AI Plyus bir qator sunʼiy intellekt vositalaridan foydalaniş imkonini beradi. Gemini ilovasidagi foydalaniş limitlari ikki baravar oşadi. Şuningdek, ilğor Fleş Tinking modeliga kiriş oçiladi.

Gugl Foto, Gugl Drayv va Jimeyl xizmatlari uçun 400 GB bulutli xotira ham beriladi. Bundan taşqari, kinematografik sahnalar va hikoyalar yaratadigan Gugl Flou vositasi işlaydi. Jimeyl içida Gemini’dan foydalaniş mumkin böladi.

Obunaga tadqiqot işlariga yordam beradigan «Noutbuk» funktsiyalari hamda sunʼiy intellekt asosidagi musiqa studiyasi ham kiradi. Bu vositalar talabalarga öqiş, inşo va loyiha işlarini tezroq bajarişda qöl kelişi mumkin.

Teglar:
×