Nukusda ona bolasini tuğib, köçaga taşlab ketdi

Nukusda ona bolasini tuğib, köçaga taşlab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus şahrida yangi tuğilgan çaqaloq yarim tunda köçaga taşlab ketilgani haqida xabar tarqaldi. Bolaning ahvoli oğir ekani aytilgan. Holat böyiça Qoraqalpoğiston prokuraturasi rasmiy maʼlumot berdi.

Maʼlum qilinişiça, keça, 8 fevral kuni soat 02:00 larda Nukus şahri Taxtaköpir tumanida 2002 yilda tuğilgan A.K. bolasini dunyoga keltirib, özi yaşaydigan joydagi uy oldiga taşlab ketgan.

Şundan söng, çaqaloq Respublika perenatal markaziga olib kelinib, hayoti saqlab qolingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×