Germaniyaning nufuzli oliy öquv yurtlarida ham özbekistonlik yoşlar taʼlim olmoqda, köplab mutaxassislarimiz nemis tadbirkorlik subʼektlarida turli yönalişlarda mehnat qilayotir.
Berlin şahrida ana şunday vatandoşlarimiz hamda Germaniyada va mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan bir qator masʼul idoralar vakillari örtasida uçraşuv bölib ötdi.
Tadbir Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elçixonasi, Özbekiston yoşlari umumjahon assosiatsiyasi hamkorligida taşkil etildi. Tadbirda Germaniyada xizmat safarida bölib turgan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi vakillari ham iştirok etdi. Qömita vakillari tadbir iştirokçilariga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, yoşlar kamoloti uçun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar bilan örnatilayotgan aloqalarning naqadar muhimligi töğrisida töxtalib ötişdi.
Özbekistondan uzoqda bölgan har bir vatandoşimizning muammolari, rejalari bilan tanişiş, ularga imkon qadar yordam körsatiş, ular bilan hamkorlikda turli loyihalarni amalga oşiriş, öqişni tamomlagan yoşlarga Özbekistondan iş joylari topişda kömaklaşiş masalalari atrofliça muhokama qilindi.

Tadbir davomida joriy yilning 22 dekabr kuni bölib ötadigan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari va mahalliy kengaşlar deputatlari saylovi kuni haqida ham batafsil maʼlumot berildi.
Oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuvda telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan, mehnat faoliyatini olib borayotgan yurtdoşlarimizning fikrlari ham tinglandi. Özbekistonda bu sohani rivojlantiriş uçun nimalarga köproq ahamiyat beriş borasidagi taklif va mulohazalar örganib çiqildi.
Joriy yilning noyabr oyida Özbekiston yoşlari umumjahon assosiatsiyasi va Özbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi elçixonasi hamkorligida “Özbekistonda IT sohasini rivojlantiriş istiqbollari ekspertlar nigohida” mavzusida videokonferentsiya taşkil qiliş rejalaştirilgan. Uşbu uçraşuvda Özbekistondagi şu soha vakillarini, axborot texnologiyalari yönalişidagi oliy öquv yurtlari talabalarini jalb qilişga kelişib olindi.
Bundan taşqari, tadbir iştirokçilariga Özbekiston yoşlari umumjahon assosiatsiyasi tomonidan işlab çiqilgan “Career Bridge” loyihasi taqdimoti ham bölib ötdi. Uşbu loyiha xorijiy davlatlarda tahsil olgan va Özbekistonga qaytiş niyatida bölgan yoşlarni iş-örinlari bilan taʼminlaşda onlayn iş örinlari taklif qiliş va joylaştiriş platformasi şaklida işlab çiqilgan. Tez orada bu loyiha barça ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinişi kutilmoqda
Kelgusida ham şu kabi uçraşuvlar tez-tez ötkazişga kelişib olindi.
Kamoliddin Bediyev, Özbekiston yoşlari umumjahonassosiatsiyasining Germaniyadagi vakili









