Şahnoza Mirziyoyeva Yevropaning eng yirik masjidlaridan biriga bordi (+foto)

Şahnoza Mirziyoyeva Yevropaning eng yirik masjidlaridan biriga bordi (+foto)

Maktabgaça taʼlim vazirligining Maktabgaça taʼlim sohasi siyosatini şakllantiriş va yuritiş boş boşqarmasi boşliği Şahnoza Mirziyoyeva vazirlik delegatsiyasi bilan birga Rossiyaga taşrif buyurdi.

Taşrif davomida delegatsiya aʼzolari Sankt-Peterburgdagi masjidga bordi. Mirziyoyeva özining instagramdagi sahifasida taşrif taassurotlari bilan örtoqlaşdi.

"Sankt-Peterburgdagi sobor masjidi Yevropadagi eng yiriklaridan biri.

Mazkur masjid Buxoro amiri Said Abdulahadxon mablağlari evaziga barpo qilingan. Masjid 1913 yilda ilk bora musulmonlarni öz bağriga olgan va uşbu jomeʼ masjidiga taşrif men uçun çuqur kaşfiyot böldi.

Masjid gumbazi Samarqanddagi Göri-Amir maqbarasi gumbazining ayrim elementlarini özida mujassam etgan, meʼmorlar kiriş peştoqi orqali Şohi-Zinda gözalligidan ilhomlanişgani yaqqol közga taşlanadi.

Maktabgaça taʼlim vazirligi delegasiyasini Musulmonlar diniy boşqarmasi Raisi, muftiy, Şayx Ravil-Hazrat Pançeyev kutib qolgani yuksak hurmat ifodasi böldi.

U hayratomuz masjid böylab ekskursiya ötkazdi.

Muftiy, Şayx Ravil-Hazrat Pançeyev iliq kayfiyatda bölib ötgan uçraşuv çoğida köplab diniy arboblar, şu jumladan, uning padari-buzrukvori ham ğayrat-şijoat bilan bizning mamlakatimizda diniy taʼlim olganliklarini qayd etdi hamda jahonda Islomni rivojlantiriş va mustahkamlaş yölidagi saʼy-harakatlari uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentiga özining samimiy hurmatini izhor qildi", - deb yozadi Şahnoza Mirziyoyeva.

Şahnoza Mirziyoyeva Yevropaning eng yirik masjidlaridan biriga bordi (+foto)
×