Talabalarga kontrakt tölovi böyiça yengilliklar berildi. Çegirma 10 foiz

Talabalarga kontrakt tölovi böyiça yengilliklar berildi. Çegirma 10 foiz

Pandemiya şaroitida aholining tölov qobiliyati pasayişi hisobga olinib, farzandi tölov-şartnoma asosida öqiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi.

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tuşgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar işlab çiqdi Unga köra:

2020/21 öquv yilida amaldagi bazaviy tölov-kontrakt miqdori uçun kunduzgi şaklda öqiydigan barça talabalarga 10 foiz çegirma beriladi;

OTMlar tomonidan yetim, çin yetim, nogiron bölgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» röyxatidagi oilalar farzandlari bölgan talabalarga kontrakt tölovlarini qoplaş uçun manzilli moddiy yordam körsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablağlari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib çiqib, 4 mln sömgaça moliyaviy yordam körsatiş imkoniyatiga ega böladi;

Qurolli Kuçlar safida muddatli harbiy xizmatni ötagan va OTMlarda tölov-kontrakt şakli asosida öqiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga şartnoma miqdorining 35 foizini tölaş orqali moddiy yordam körsatiladi. Uşbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.sömdan 3,4 mln.sömgaça miqdorni taşkil etadi.

Qöşimça qilinişiça, OTMlarda taʼlim oliş (özining, 26 yoşga tölmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olişi) uçun tölovlarga yönaltiriladigan, soliq solinişi lozim bölgan iş haqi va boşqa daromadlari daromad soliğidan ozod qilingan bölib, bunda bir nafar talaba uçun kontrakt tölagan oilaga bir yilda 770 ming sömdan 1 mln 177 ming sömgaça mablağ daromad soliğidan imtiyoz şaklida qaytadi.

Tölov-şartnoma asosida öqiydigan talabalarga şartnoma şartlarini bajarişda beriladigan çegirmalar hisobiga davlat byudjetiga ortiqça yuk tuşmasligi uçun oliy taʼlim muassasalarida öquv jarayoniga tegişli xarajatlar normativlari qayta körib çiqiladi hamda ularda qöşimça taʼlim xizmatlarni körsatiş hisobiga byudjetdan taşqari mablağlarni jalb qiliş orqali çegirma xarajatlarini qoplaş çoralari köriladi.
 

×