Har bir talabaga oyiga 5 gigabayt bepul internet beriladi — Prezident

Har bir talabaga oyiga 5 gigabayt bepul internet beriladi — Prezident

Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev Talabalar şaharçasidagi uçraşuvda oliy taʼlimga oid rejalarini aytdi.

Bugungi kunda poytaxt oliygohlarida 250 ming talaba taʼlim olmoqda. Kelgusi beş yilda bu körsatkiç 2 barobarga oşadi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev maʼlum qildi.

“Şundan kelib çiqib, bugungi uçraşuv ötkazilayotgan Yoşlar şaharçasining quvvatlari kengaytiriladi va uning infratuzilmasi yangilanadi, Yangi Özbekiston köçasi böylab bir neçta oliygohlarni boğlagan holda 25 ming örinli kampuslar taşkil etiladi.

Kamida 20 ta oliygoh taʼlim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan ötkaziladi. Milliy universitet va Texnika universitetini jahonning nufuzli reytinglariga kirişi böyiça alohida dastur qabul qilinadi. Şuningdek, kelgusi beş yilda zarur böladigan yangi kasblar böyiça nufuzli xorijiy universitetlar bilan birga kamida 10 ta yangi oliygoh taşkil etilib, amalda işlab turganlari bilan ularning jami soni 31 taga yetadi. 

Şuningdek, magistraturada taʼlim oliş uçun, Toşkent şahridagi xorijiy va nodavlat oliygohlarga – 200 ta hamda xotin-qizlar uçun davlat oliygohlariga 500 ta davlat granti beriladi. Har bir talabaga oyiga 5 gigabayt bepul internet beriladi.

Yoşlarning yangi taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş maqsadida, “Yangi Özbekiston” boği atrofida “Zakovat” klubining binosini hamda “Intellektual öyinlar şaharçasi”ni barpo etamiz. 

Poytaxtda ilm-fanni yanada rivojlantiriş, bunga isteʼdodli yoş olimlarni keng jalb qiliş böyiça alohida dasturni amalga oşiramiz. Innovatsiyalar vazirligi va Fanlar akademiyasi orqali olimlarning ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi yangi tadqiqotlariga 100 million dollar ajratamiz. Jumladan, 70 million dollar ilmiy işlanmalar va ularni iqtisodiyotning real sohalariga joriy etişga, qolgan qismi esa “Yoşlar şaharçasi”da joylaşgan  “Innovatsion xab” orqali startap loyihalariga beriladi.

Şuningdek, Ay-Ti park negizida Ilmiy innovatsiyalar markazi taşkil etilib, unga har yili 30 milliard söm ajratiladi. Yoş olimlarning ilmiy maqola va materiallarini eng nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda çop etiş xarajatlari ham byudjetdan qoplab beriladi”, dedi prezidentlikka nomzod.

×