Endilikda Özbekistonda yetiştirilgan yangi uzilgan örik, olxöri va nektarin, şuningdek, pösti olinmagan yonğoq va bodom Misr Arab Respublikasiga eksport qilinişi mumkin. Bu haqda Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, agentlik bu imkoniyatni yaratiş uçun Misr tomoni bilan muzokaralar olib borgan va mahsulotlar böyiça fitosanitar ruxsatlar olgan. Mahsulotlar jönatilişidan fitosanitar nazoratdan ötkazilib, Misr uçun karantin ahamiyatiga ega zararkunandalardan xoli ekanligi tasdiqlangandan söng fitosanitar ruxsatnoma rasmiylaştiriladi. Xalqaro talablarga muvofiq, har bir jönatma ISPM №7 va ISPM №12 standartlariga muvofiq fitosanitariya sertifikati bilan rasmiylaştirilişi belgilangan.
“Yangi turdagi mahsulotlarga fitosanitar ruxsatlar olinişi Özbekiston uçun eksport geografiyasini kengaytiriş, Yaqin Şarq va Afrika bozorlariga kiriş uçun “köprik” yaratiş, qişloq xöjaligi mahsulotlarining mavsumiy sotuv davrini uzaytiriş imkoniyatini beradi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumot örnida, Misr – 110 milliondan ortiq aholiga ega bölgan, Afrika va Yaqin Şarq mintaqasidagi eng yirik isteʼmol bozorlaridan biri. Meva-sabzavot mahsulotlariga bölgan talab yil davomida mavjud. Şu bois Misr har yili yuz minglab tonna yangi uzilgan mahsulotlarni import qiladi. Bugungi kunda Özbekistondan Misrga 25 turdagi mahsulot eksporti uçun fitosanitar ruxsatlar olingan.









