Maşhur MMA menejeri Ali Abdul Aziz irlandiyalik Konor Makgregor va rossiyalik Islom Maxaçev örtasidagi jang ehtimolini baholadi.
“Agar Konor birinçi raunddayoq Maykl Çandlerni nokaut evaziga mağlub etsa, xohlaysizmi-yöqmi, Konor darhol çempionlik uçun asosiy daʼvogarlardan biriga aylanadi. Agar Makgregor çempionlik jangini xohlasa, Islom uni rad etmaydi, çunki bu jang iştirokçilari katta pul işlab olişlari mumkin, biroq ularga yaxşi pul tölanmasa, jang bölmaydi”, deydi Maxaçevning menejeri Ali Abdul Aziz.
Maʼlumot uçun, 32 yoşli Islom Maxaçev oxirgi jangini 1 iyun kuni amerikalik Dastin Porega qarşi ötkazib, 5-raundda raqibini böğiş uslubi bilan mağlub etdi va öziga tegişli kamarni 3 marta himoya qildi. 35 yoşli Konor Makgregor esa oxirgi marta 2021 yilda Dastin Pore bilan töqnaşib, imkoniyatni boy bergan.









