Özbekiston fuqarolari Qatar davlatiga vizasiz boriş imkoniga ega böldi. Bu haqda Qatar hukumatining elektron viza berişga möljallangan rasmiy portalida maʼlum qilindi.
Portalda körsatilişiça, Hindiston, Eron, Irlandiya, Yaponiya, Qozoğiston, Pokiston, Rossiya, Buyuk Britaniya, AQŞ kabi davlatlar fuqarolari ham özbekistonliklar kabi Qatarda 30 kun davomida vizasiz qola oladi.
Frantsiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Şvetsiya, Şveytsariya, Turkiya va Ukraina kabi davlatlar fuqarolari esa uşbu mamlakatda 90 kungaça vizasiz vaqt ötkazişi mumkin.
Bildirilişiça, Qatarga vizasiz kirişning bir qança şartlari bor. Xususan, fuqaroning xorijga çiqiş pasportining amal qiliş muddati 6 oydan kam qolmasligi hamda unda qaytiş yoki boşqa davlatga çiqib ketiş çiptasi bölişi kerak.
Eslatib ötamiz, joriy yilning iyun oyida Qatar Amiri şayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning Özbekistonga taşrifi arafasida Qatar davlati fuqarolari uçun Özbekiston hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.









