Keng kölamli yadro mojarosida 360 million kişi portlaş oqibatida halok bölişi mumkin, biroq yana 5 milliardga yaqin inson global ekologik fojia qurboni böliş ehtimoli bor. Bu haqdagi tadqiqotni “News mail” eʼlon qildi.
Maʼlum qilinişiça, yadro portlaşlari oqibatida havoga çiqarilgan 165 million tonnadan ortiq qora tutun Yer atmosferasida tarqaladi va bu “yadro qişi” deb ataladigan xavfli iqlim özgarişiga olib keladi. Quyoş nuri kamayadi, havo harorati keskin pasayadi, oqibatda qişloq xöjaligi butunlay izdan çiqadi, oziq-ovqat işlab çiqariş töxtaydi.
Olimlarning fikriça, faqat Avstraliya va Yangi Zelandiya geografik izolyatsiyasi, barqaror iqlimi va okean oqimlari bilan himoyalanganligi sababli relyativ xavfsiz hudud bölib qolişi mumkin. Bu davlatlarda qişloq xöjaligini saqlab qoliş va uzoq muddatli yaşaş imkoniyati yuqoriroq böladi. Boşqa barça mamlakatlar esa jiddiy oziq-ovqat tanqisligiga duç keladi. Omon qolgan insonlar ekstremal hayot şaroitlariga moslaşişga majbur böladi – yer ostida yaşaş, çeklangan usullar bilan oziq-ovqat topiş va kun keçirişga ötişadi.









