Abu-Dabidagi janjal: Nurmagomedovlar qamoqdan ozod etildi

Abu-Dabidagi janjal: Nurmagomedovlar qamoqdan ozod etildi

Abu-Dabi jinoyat işlari böyiça sudi janjalga aloqadorlikda ayblangan sakkiz kişini hibsdan ozod qildi. Voqeada rossiyalik MMA jangçilari Usmon va Umar Nurmagomedovlar iştirok etgan. Bu haqda Abu-Dabi Sud departamentining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Sud avval tayinlangan jazoni yengillaştirdi. Endi har bir ayblanuvçi 150 ming BAA dirhami (taxminan 41 ming dollar) jarima tölaydi. Qaror taraflar bir-biriga nisbatan daʼvosidan voz keçgani va jabrlanuvçi Abu-Dabi rasmiylaridan mahkumlarni ozod qilişni söraganidan keyin çiqarildi.

Janjal qanday boşlangan edi

UFC sobiq çempioni, gruziyalik Merab Dvalişvili ijtimoiy tarmoqlarda Usmon Nurmagomedov va uning döstlari unga hujum qilganini aytgan edi. Şundan söng janjalga aloqador şaxslar hibsga olindi.

Dastlab 10 kişi qölga tuşgan, ulardan ikki nafari ozod etilgan. Qolgan sakkiz kişiga 6 oylik qamoq jazosi va 300 ming dirham jarima tayinlangan. Hibsga olinganlar orasida Usmon Nurmagomedov ham bor edi. Keyinroq Dvalişvilining özi Abu-Dabi rasmiylariga murojaat qilib, qölga olinganlarning barçasini ozod etişni söradi.

Jangçilar örtasidagi raqobat

2025 yil yanvar oyida Dvalişvili oktagonda Umar Nurmagomedov bilan töqnaşgan. U hakamlar qaroriga köra ğalaba qozonib, UFC çempionlik kamarini himoya qilgan edi.

Hozir bu kamar rossiyalik Pyotr Yanga tegişli. Dvalişvili sönggi ikki jangini aynan Yanga qarşi ötkazdi va şu jarayonda çempionlik kamarini boy berdi.

Şunday qilib, janjal jabrlanuvçining özi iltimos qilişi bilan yumşoq yakun topdi. Sud qarorida taraflarning kelişuvi ham, jabrlanuvçining sörovi ham inobatga olindi.

Teglar:
×