Eron AQŞ hududiga ham hujum qilişi mumkin

Eron AQŞ hududiga ham hujum qilişi mumkin

AQŞ razvedkasi Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy halok bölganidan söng Tehron tomonidan Amerikaga qarşi ehtimoliy hujumlar sodir etilişi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda maxfiy manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

AQŞ Içki xavfsizlik vazirligi qoşidagi Razvedka va tahlil boşqarmasiga köra, Xomanaiy AQŞ va Isroil zarbalari oqibatida öldirilganidan keyin Eron va uning proksi kuçlari javob tariqasida AQŞ hududiga hujum uyuştirişi mumkin. Şu bilan birga, razvedka maʼlumotlariga köra, keng kölamli töğridan-töğri hujum ehtimoli past baholanmoqda.

Maʼlumotda taʼkidlanişiça, yaqin istiqbolda asosiy xavotir oşirilişi mumkin bölgan kiberhujumlar, jumladan saytlarni buziş va DoC-hujumlar bilan boğliq.

AQŞ Içki xavfsizlik vaziri Kristi Noem agentlikka bergan izohida milliy xavfsizlikka oid har qanday ehtimoliy tahdidlarni diqqat bilan kuzatiş va ularning oldini oliş maqsadida federal razvedka hamda huquqni muhofaza qiluvçi idoralar bilan bevosita muvofiqlaştiriş işlarini olib borayotganini bildirgan.

Eronda Xomanaiy ölimi ortidan 40 kunlik umummilliy motam eʼlon qilingan va fuqarolar uçun yetti kunlik dam oliş kuni joriy etilgan. Mamlakat Prezidenti Masʼud Pezeşkiyon Isroil va AQŞ oliy rahbarni öldiriş orqali butun dunyo musulmonlariga qarşi uruş eʼlon qilganini aytib, qasos olişga vaʼda bergan.

AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio esa Xomanaiy AQŞ uçun töğridan-töğri nişon bölmaganini taʼkidlagan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Oyatullohning ölimini “insoniy axloq va xalqaro huquq meʼyorlarini buzgan holda sodir etilgan qotillik” deb baholagan.


×