Andijonda inspektorni piçoqlab öldirgan şaxs uşlandi (video)

Andijonda inspektorni piçoqlab öldirgan şaxs uşlandi (video)

1 iyul kuni Andijon viloyati Xöjaobod tumanida profilaktika inspektori çaqiruv vaqtida piçoqlangan va olgan jarohati oqibatida vafot etgan edi. Inspektorni piçoqlagan 65 yoşli fuqaro esa qoçib ketgandi. Bugun, 4 iyul kuni mazkur fuqaro qabristonga yaşiringani aniqlandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov maʼlum qildi.

Bildirilişiça, gumonlanuvçi Yunusali Xolbozorov bugun, 4 iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xöjaobod tumanida joylaşgan “Yuksaliş” mahallasi “Söqoloq“ qabristonidagi makkapoya içida yaşirinib yotgani aniqlangan, qölga oliş jarayonida u özining qorin qismiga piçoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinçi tez tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga olib borilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Jinoyatçini qölga olişda kömaklaşgan fuqarolarga Içki işlar vazirligi nomidan minnatdorçilik bildiramiz”, deyiladi xabarda.


×