Jahon çempioni Kamoliddin Rasulovni piçoqlab öldirgan sportçi 15 yilga qamaldi

Jahon çempioni Kamoliddin Rasulovni piçoqlab öldirgan sportçi 15 yilga qamaldi

Dzyudo va kuraş böyiça jahon çempioni Kamoliddin Rasulovni piçoqlab öldirgan boşqa bir sportçi 15 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud maʼlum qildi. 

Qayd etilişiça, Kamoliddin Rasulov ölimi yuzasidan joriy yilning 8 fevral kuni boşlangan sud majlisi 14 mart kuni yakuniga yetgan. 

Unga köra, sportçining ölimiga sabab bölgan Ş.T. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (öta şafqatsizlik bilan qasddan odam öldiriş) bilan aybdor deb topilib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Sudlanuvçining umumiy tartibli jazo koloniyalarida jazo ötaşi va jazo muddati ötgan yilning 14 sentyabrdan hisoblanişi belgilangan. 

Eslatib ötamiz, ötgan yilning 13 sentyabr kuni Toşkent şahrining Uçtepa tumanida dzyudo va kuraş böyiça jahon çempioni, qaşqadaryolik 29 yoşli Kamoliddin Rasulov boşqa bir sportçi tomonidan piçoqlab, öldirilgandi. 

Fuqaro Ş.T. Kamoliddin Rasulovga qönğiroq qilib, undan xarid qilib olgan “Humo Trop” vitaminini isteʼmol qilgani uçun soğliği yomonlaşganini, şifokorlar bu kasallikning davosi yöqligini bildirganini aytgan va uni Uçtepa tumani, 14-mavzedagi uyi oldiga çaqirgan. Ular körişgaç, özaro janjallaşib qolib, Ş.T. yonida olib çiqqan oşxona piçoği bilan Kamoliddin Rasulovni turli sohalariga bir neça marotaba urib, qasddan öldirgan.

Mahalliy OAV sportçining ölimiga sabab bölgan Ş.T. ham milliy kuraş va dzyudo böyiça Özbekiston çempioni bölib, özbek milliy kuraşi böyiça birinçi jahon çempioni – Toştemir Muhammadiyevning jiyani bölgani haqida xabarlar tarqatgandi.

×