Andijonda öz uyida qimor taşkil etgan şaxs uşlandi

Andijonda öz uyida qimor taşkil etgan şaxs uşlandi

Andijon viloyatining Andijon tumanida yaşovçi şaxs yaşaş xonadonida tavakkalçilikka asoslangan noqonuniy qimor öyini taşkil qilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon viloyati Içki işlar boşqarmasi Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon tumanida yaşovçi şaxs yaşaş xonadonida tavakkalçilikka asoslangan noqonuniy qimor öyini taşkil qilgani foş etilgan.

Voqea joyidan 4 mln 535 ming söm pul hamda 300 AQŞ dollari, 4 dona hayvon suyagidan yasalgan oşiq, şuningdek, öyin taşkillaştirilgan xonadon egasidan 550 ming söm çötal puli daliliy aşyo sifatida olib qöyilgan.

Bildirilişiça, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalçilikka asoslangan boşqa öyinlarni taşkil etiş hamda ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


×