Keça, 1 iyul kuni Andijon viloyati Xöjaobod tumanida profilaktika inspektori çaqiruv vaqtida piçoqlandi va vafot etdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi matbuot kotibi Şohruh Ğiyosov maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, soat 20:50 larda Andijon viloyati Xöjaobod tumani “Yuksaliş” mahallasidagi xonadonda janjal bölayotganligi haqida xabar kelib tuşgan. Hudud profilaktika inspektori katta leytenant A.Abduvaliyev mahalla raisi A.Mamataliyev bilan birga voqea joyiga yetib borgan.
Maʼlum bölişiça, 65 yoşli fuqaro Yunusali Tumaroviç Xolbozorov mast holda öz oila aʼzolariga xöjalik piçoği bilan tahdid solayotgan bölgan. Fuqaroni zararsizlantiriş jarayonida Xolbozorov qölidagi piçoq bilan katta leytenant Abduvaliyevning kökrak qismiga zarba berib, qoçib ketgan.
Olgan jarohati oqibatida körsatilgan yordamga qaramasdan Abduvaliyev şifoxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Gumondor Yunusali Xolbozorov esa voqea joyidan yaşiringan, uni aniqlaş va qölga oliş böyiça tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oşirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Uşbu şaxs haqida biron-bir maʼlumotga ega bölsangiz zudlik bilan yaqin oradagi içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişingiz söraladi. Maʼlumot bergan fuqaroning şaxsi sir saqlanişi kafolatlanadi”, deyiladi IIV matbuot kotibi xabarida.









