Turkiyada eri böğzidan piçoqlab öldirgan ayol samarqandlik ekani aytildi

Turkiyada eri böğzidan piçoqlab öldirgan ayol samarqandlik ekani aytildi

Avvalroq, joriy yilning 17 avgust kuni Turkiyaning özbekistonliklar eng istiqomat qiladigan megapolisi Istanbulning Umraniya tumanida özbekistonlik 33 yaşar Nigina Sattorova turmuş örtoği Umid Sattorov tomonidan böğzidan piçoqlab öldirilgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat böyiça Özbekistonning Istanbuldagi Boş konsulligi rasmiy bayonot eʼlon qildi. 

Boş konsullik tomonidan berilgan maʼlumotlarga köra, marhuma Özbekistonning Samarqand viloyatidan bölgan va Istanbulda vaqtinçalik mehnat faoliyati bilan şuğullanib kelgan. U 35 yaşar turmuş örtoği Umid Sattorov bilan raşk sabab kelib çiqqan janjal oqibatida piçoqlab öldirilgan. 

Istanbul politsiyasi tomonidan olib borilgan qidiruv işlari davomida gumondor 18 avgust kuni ertalab Umraniya hududida qölga olingan. Şuningdek, jinoyatçini yaşirinişda yordamlaşganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzax viloyatidan bölgan B.O. ham politsiya tomonidan uşlangan. 

Suriştiruv işlari yakuniga yetgaç, keça, 19 avgust kuni gumonlanuvçilarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda hodisa yuzasidan tergov işlari davom etmoqda. 

Marhumaning jasadini Özbekistonga yuboriş böyiça zarur hujjatlar rasmiylaştirilgan hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan yordam körsatilmoqda.


Teglar:
×