Sirdaryoda 14 yoşli qizni piçoqlab öldirgan xavfli retsidivist 23 yilga qamaldi

Sirdaryoda 14 yoşli qizni piçoqlab öldirgan xavfli retsidivist 23 yilga qamaldi

2022 yilning 20 avgust kuni Sirdaryoning Xovos tumanidagi uyga öğrilikka tuşgan şaxs 14 yoşli qizni qasddan öldirgani haqida xabar berilgandi. Unga nisbatan 23 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Bu haqda “Zamon” körsatuvida maʼlum qilindi.

Qayd etilişiça, ayblanuvçi tergov davomida manzil koloniyadagi bir odamni ham öldirgan.

Maʼlum bölişiça, bundan oldin ayblanuvçi 11 marotaba öğrilik va yana boşqa turdagi bir neça jinoyatlarni sodir etgan. 

Sud hukmiga köra, uşbu qotilliklarni sodir etgan şaxs Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “i” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “a”, “v”, “g” bandlari, 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va 222-moddasi 1-qismida körsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga köra, sudlanuvçiga nisbatan 23 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, unga Xovosdagi qotillikda şerik bölgan kirakaşga ham hukm öqildi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 241-moddasi 1-qismi bilan hamda 28-moddasi orqali 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari bilan malakalanib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida 13 yil ozodlikdan mahrum qilindi.


×